Xorazm viloyati tibbiyot sohasi vakillari uchun yana bir quvonchli yangilik!

Xorazm viloyati tibbiyot sohasi vakillari uchun yana bir quvonchli yangilik!




Xorazm viloyati tibbiyot sohasi vakillari uchun yana bir quvonchli yangilik!

“Hamshira — 2026” respublika ko‘rik-tanlovida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilgan qo‘shko‘pirlik hamshira mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi hamshirasi Gulomdon Egambergan qizi Erkinova birinchi o‘rin sohibasi bo‘ldi.

Bellashuvda respublikmizning barcha hududlaridan saralab olingan eng kuchli 14 nafar tibbiyot xodimi ishtirok etdi. Shaffof va adolatli mezonlar asosida o‘tkazilgan tanlovda Gulomdon Erkinova o‘zining chuqur bilimi, yuksak mahorati hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan hakamlar hay’ati va ishtirokchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur yutuq nafaqat Qo‘shko‘pir tumani, balki butun Xorazm tibbiyot sohasi uchun katta faxr hisoblanadi.
12-05-2026, 18:06
Sahifaga qaytish