





Tuman tibbiyot birlashmasida farmasevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari S.Salayev, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari U.Abdullayev, tuman hokimi oʻrinbosari H.Ibragimov va tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda farmasevtika sohasida yoʻl qoʻyilayotgan bir qator kamchiliklar xususida soʻz borib, mavjud muammolarni bartaraf qilish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yigʻilishda sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish, tizimga ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini joriy qilish masalalariga alohida urg‘u berildi. Tizim xodimlari bilan o‘zaro fikr almashildi hamda ularning muammo va takliflari tinglandi.