Tumanimizda tibbiyot xodimlarining faoliyati, ularni onalar va bolalar salomatligi yoʻlida olib borilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sayyora Xudayberganova tuman tibbiyot birlashmasida boʻldi.
Tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari, tuman IIB xodimlari bilan birgalikda yigʻilish oʻtkazdi. Onalar va bolalar salomatligi, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi, sogʻlom turmush tarzi borasida qilinayotgan ishlar boʻyicha tibbiyot xodimlarini axborotini tingladi.
Tuman hokimi oʻrinbosari har bir mahallada tibbiyot punktlari tashkil qilinayotganligi, oilaviy poliklinikalarni zamoviy jihozlanganligi, bugun tibbiyot xodimlari shunday qulay shart-sharoitlarda ishlab turganligi hamda sohada ijobiy natijalarga erishib kelinayotganligini aytib oʻtdi. Shu yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi, qilishimiz lozim boʻlgan juda koʻplab ishlar e’tibordan chetda qolayotganligi toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtdi. Onalar va bolalar salomatligi borasida birlamchi tizim faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladi. Mahalla yettiligi bilan doimiy hamkorlik qilish lozimligi haqida tushuntirdi.
Har bir fuqaroni tibbiy bilimini oshirib, har bir xonadonga sogʻlom turmush tarzini olib kirish lozimligini, har bir shifokor va hamshira bemorlar bilan xushmuomila boʻlishi kerakligi, ularni sog’ligi yoʻlida fidokorona ish olib borishi boʻyicha topshiriqlar berdi.
Yig’ilish soʻngida Qo‘shko‘pir tumani IIB JXX Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik G.B.Gulyamova profilaktika kuni munosabati bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish boʻyicha soʻz yuritdi.


