Qaysi dori retsept bilan yoki retseptsiz ekanini oson bilib oling!


Qaysi dori retsept bilan yoki retseptsiz ekanini oson bilib oling!

🟡 Endi dori vositasini olishdan oldin u retsept asosidami yoki retseptsizmi, bir necha soniyada aniqlash mumkin.

👨‍⚕️ Ma’lumki, Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman (shahar)larda “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat asosida ayrim dori vositalari retsept bilan berilmoqda.

💊 Aholi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida my.gov.uz (https://my.gov.uz/) portali orqali yangi xizmat ishga tushirildi:  “Retsept asosida va retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida ma’lumot”! (https://my.gov.uz/uz/service/get/1343) 

💬  xizmat orqali kerakli dori nomini kiritasiz;
💬uning retsept bilan yoki retseptsiz berilishi haqida to‘liq ma’lumot olasiz.
17-12-2025, 13:28
Ko'rishlar: 24
Sahifani chop etish