Qo‘shko‘pir tumanida Tibbiyot xodimlari kuni bayramona ruhda nishonlandi

Qo‘shko‘pir tumanida  Tibbiyot xodimlari kuni bayramona ruhda nishonlandi

Qo‘shko‘pir tumanida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha fidoyilarini qadrlashga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Shuxrat Axmedov so‘zga chiqib, inson salomatligini asrash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan shifokor va hamshiralarni samimiy tabrikladi. Shuningdek, ularning tibbiyot sohasidagi mas’uliyatli mehnatini, bemorlarga mehr bilan yondashuvini alohida e’tirof etdi.

Bayram yakunida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan faol tibbiyot xodimlariga tuman hokimligi tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
9-11-2025, 20:00
Ko'rishlar: 23
Sahifani chop etish