Retsept bilan beriladigan dorilarni elektron retsept asosida tayinlash tartibi belgilandi.


Retsept bilan beriladigan dorilarni elektron retsept asosida tayinlash tartibi belgilandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori (570-son, 2025-yil 8-sentyabr) bilan “Tibbiyot tashkilotlarida retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 

💊 Nizomga ko'ra Elektron retsept orqali tayinlanadigan dori vositalari faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim.

🖥 Tibbiyot xodimlari bemor ma’lumotlarini tibbiy axborot tizimiga kiritadi va ular avtomatik tarzda “Elektron tibbiy karta”ga uzatiladi.

🖥 Dori vositalari bemorga elektron retsept rasmiylashtirish orqali tayinlanadi.
📝 Elektron retsept davolovchi shifokor tomonidan elektron tasdiqlash orqali tasdiqlanib, QR-kod qo‘yiladi. Barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda “Elektron retsept” moduliga uzatiladi.
🧾 Shifokorlarga o‘zlari tomonidan bemorga elektron retsept asosida tayinlangan va chakana realizatsiya qilingan dori vositalari harakatini kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

25-09-2025, 09:02
Ko'rishlar: 61
Sahifani chop etish