BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLINDI





Bemorlar, yakka yolg‘izlar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, mehr-muruvvat ko‘rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biri sanaladi.
Bugun Qo‘shko‘pir tuman hokimi — Shuhrat Axmedov, tuman prokurori — Bobirbek Matrasulov tuman tibbiyot markazi shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.
Ular bilan dildan suhbatlashib, shifoxonadagi dori-darmonlarni ko‘zdan kechirishi. Shuningdek, tibbiyot xodimlariga o‘z ishiga yanada mas'uliyat bilan yondashib, xalqimiz salomatligini mustahkamlash yo‘lida hamisha qalqon bo‘lishlarini bildirdi.